Antaliya har qanday sondagi rossiyalik sayyohlarni qabul qilish imkoniyatiga ega, deya xabar bermoqda “TASS” Antaliya Madaniyat va turizm boshqarmasi rahbari Ibrohim Ajarga tayanib.
“Biz rossiyalik sayyohlarni bilamiz, ularga nima yoqishi, qanday dam olishni yaxshi ko‘rishini bilamiz. Agar sayyohlik oqimi qayta tiklansa, mavsum oxirigacha har qanday sondagi rossiyaliklarni qabul qilishga tayyormiz. Buning uchun Antaliyaning infratuzilmaviy imkoniyatlari yetib ortadi”, — dedi u.
Ajar ta’kidlashicha, shahardagi bitta aeroportning o‘zi yiliga 25 million yo‘lovchi qabul qilishga mo‘ljallangan. Antaliya, 2015-yilda sayyohlik sohasida inqirozli hodisalar boshlanguniga qadar, yiliga 10 millionga yaqin chet ellikni qabul qilgan, shulardan 2,5 millioni — rossiyaliklar.
Izoh (0)