27-iyun, dushanba kuni Yaman janubi-sharqida bir nechta kuchli portlash sodir bo‘ldi, deb yozadi “TASS” “Al-Arabiya” telekanaliga tayanib.
Xadramaut provinsiyasining ma’muriy markazi Al-Mukalla shahrida xavfsizlik kuchlari nazorat-o‘tkazish punktiga uyushtirilgan to‘rtta hujumda qurbon bo‘lganlar soni 17 kishiga yetdi.
Reuters agentligi xabariga ko‘ra, hujumlar yuzasidan javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z bo‘yniga oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)