AQShning Ist-Orinj shahrida (Nyu-Jeysi shtati) 6 yoshli bolakay nazoratsiz qoldirilgan to‘pponchadan 4 yoshli ukasini otib o‘ldirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Bola o‘qotar qurolni onasi va ukasi bilan birga yashaydigan uyda topib oldi. To‘pponchani o‘ynayotgan bolakay undan o‘q uzdi va u ukasining boshiga tegdi. Yaralangan bola shifoxonaga yetkazilib, o‘sha yerda jon berdi.
Huquq-tartibot organlari bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan tergov ishlarini o‘tkazmoqda. To‘pponcha bolalarning onasiga tegishli ekani xabar qilinmoqda. Ko‘ngilsiz voqea yuz bergan vaqtda ona uyida bo‘lgan-bo‘lganmagani hozircha noma’lum.
Izoh (0)