Moskvadagi Vnukovo aeroportida yo‘lovchilarni terminaldan samolyot bortigacha yetkazadigan avtobus haydovchisi olamdan o‘tdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 52 yoshli erkakning o‘limiga yurak-tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan. Tergov qo‘mitasining mintaqadagi transport boshqarmasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Sud-tibbiyot ekspertizasi belgilangan, yuz bergan hodisaning barcha tafsilotlariga oydinlik kiritilmoqda.
Izoh (0)