Valentino brendiga egalik qilayotgan Qatarning Mayhoola investitsiya fondi Fransiyadagi Balmain moda uyini sotib olishga qaror qildi. Bitim summasi 460 million yevroni tashkil etishi mumkin, deya xabar beradi “RBK”.
Balmain Fransiyadagi eng muvaffaqiyatli markalardan bo‘lib, Lanvin va Hermes qatori mamlakatda qolgan oxirgi mustaqil moda brendlaridan biri hisoblanadi. Uning biznesi asosida ulgurji savdo yotadi, butun dunyoda o‘nga yaqin do‘konlari mavjud. 2015-yilda kompaniyadagi sotuv hajmi 130 million yevroni tashkil etgan.
Izoh (0)