Eronda avtobus jarlikka qulashi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi va 30 kishi jarohatlandi. Bu haqda Fors provinsiyasi tibbiyot xizmati vakiliga tayanib, IRNA xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
Avtobusda Kerman provinsiyasining beshinchi armiya garnizoni harbiy xizmatchilari bo‘lgan, ular Axvaz shahriga yo‘l olgan. Qutqaruv xizmatlari vakili ma’lumotlariga ko‘ra, 16 kishi voqea joyida, qolgan uch kishi shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.
Fojia 22-iyunga o‘tar kechasi Layruz tog‘ dovonida sodir bo‘ldi. Yo‘l politsiyasining dastlabki versiyasiga ko‘ra, haydovchi rulda uxlab qolgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)