Hindistonning ISRO kosmik agentligi 22-iyun, chorshanba kuni bortida rekord miqdorda — 20 ta sun’iy yo‘ldosh bo‘lgan eltuvchi raketani uchirdi, deb yozadi “Interfaks” mahalliy OAVlarga tayanib.
20 ta sun’iy yo‘ldoshdan 17 ta kichigi xorijiy mamlakatlar: Kanada, Indoneziya, Germaniya va AQShga tegishli, 727 kilogrammli sun’iy yo‘ldosh esa Hindistonniki bo‘lib, u Yer yuzasini kuzatish uchun mo‘ljallangan.
Hindistonning yana ikkita yo‘ldoshi mamlakat “ilmiy hamjamiyati” manfaatlari yo‘lida uchirilgan.
Sun’iy yo‘ldoshlar 320 tonnali Polar Satellite Launch Vehicle C-34 (PSLV) raketasi bortiga joylangan.
Izoh (0)