Hindistonning Bixar shtatida 22-iyun, chorshanbaga o‘tar kechasi kamida 45 kishi chaqmoq urishidan halok bo‘ldi. Shuningdek, o‘nlab jabrlanganlar haqida ma’lum qilinmoqda, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Air News manbalariga ko‘ra, chekka hududlardan shiddatli yomg‘irlar keltirgan zarar va halok bo‘lganlar soni haqida shtat rasmiylariga ma’lumotlar kechikib kelayotgani sababli qurbonlar soni yanada ortishi mumkin.
Izoh (0)