Qozog‘istonda kuydirgiga chalinganligi gumon qilinib, Qarag‘andi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan besh kishidan ikki nafari vafot etdi. Bu haqda “Novosti-Kazaxstan” agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Qarag‘andi viloyatining Yerkindik posyolkasida yashovchi besh nafar fuqaro 19-iyun, yakshanba kuni kuydirgiga chalinganligi gumon qilinib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan edi. Ular mol so‘yishda kuydirgini yuqtirib olganligi taxmin qilinmoqda. Kuydirgi tashxisi hozircha laboratoriya tomonidan tasdiqlanmadi.
Vafot etgan bemorlar shifoxonaga joylashtirilayotgan paytda og‘ir ahvolda bo‘lgan, badanida yaralar bo‘lib, kuchli zaharlanish kuzatilgan.
Izoh (0)