Buyuk Britaniya parlamenti deputati Jo Koksni o‘limdan qutqarishga harakat qilgan britaniyalik pensionerni taqdirlash taklif etilgan talabnoma 16 mingdan ortiq imzo to‘pladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sobiq konchi 77 yoshli Bernard Kenni deputatni qurollangan jinoyatchi changalidan qutqarmoqchi bo‘lganida qornidan pichoq yedi. Hozirda u kasalxonada, biroq holati barqaror ekanligi aytilmoqda.
Talabnoma tashabbuskorlari rasmiylarni pensionerni mamlakatda fuqarolarga ko‘rsatgan jasorati uchun taqdim etiladigan oliy mukofot — Georg xochi bilan taqdirlash imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ragan.
Bu Kenni odamlarga yordamga shoshilgan birinchi holat emas: u 1973-yili Yorkshirdagi suv bosgan Loftxauz konida ishchilarni qutqarishda ishtirok etgandi.
Izoh (0)