Buyuk Britaniya parlamenti deputati Jo Koksni o‘ldirishda gumon qilinayotgan Tomas Mayr Londondagi Vestminster magistrat sudida dastlabki ko‘rsatmalarni berdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
Sudyaning ismini tasdiqlash haqidagi so‘roviga javoban 52 yoshli Mayr “Xoinlarga o‘lim, Britaniyaga ozodlik” degan jumlani bildirgan. Gumonlanuvchi, shuningdek, yashash manzili va tug‘ilgan yilini aytishdan ham bosh tortdi.
U qotillik, og‘ir tan jarohatlari yetkazish va jinoyat sodir etish maqsadida noqonuniy qurol saqlashda ayblanmoqda. Sud 20-iyun, dushanba kuni Londondagi Old Beyli jinoiy sudida o‘tkazilishi belgilangan navbatdagi yig‘ilishga qadar Mayrni hibsda qoldirishga qaror qildi.
Izoh (0)