AQSh qurolli kuchlari Yamanda 8—12-iyun kunlari “Al-Qoida Arab yarim orolida” guruhi marralariga havodan uch bor zarba berdi. Buning natijasida olti nafar jangari o‘ldirildi, biri yaralandi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Qurolli kuchlar markaziy qo‘mondonligiga ko‘ra, 8-iyunda al-Bayda viloyatida ikki jangari va ularning qurol ortilgan avtomobili, 10-iyunda Mag‘rib viloyatida ikki ekstremist, 12-iyun kuni Shabva viloyatida ikki terrorchi o‘ldirildi va biri yaralandi, ular harakatlangan avtomobil portlatildi.
Zarbalarga aynan kimlar nishon bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan.
Izoh (0)