Xitoyning Fransiyadagi sobiq elchisi U Szyanmin mamlakat markazidagi Xubey provinsiyasi, Uxan shahrida avtomobil halokatida olamdan o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
U Szyanmin 77 yoshda edi. U Xitoy TIVda faoliyatini 1959-yilda boshlagan, Niderlandiya, BMTning Jenevadagi bo‘linmasi, Fransiyada elchi bo‘lgan. Fransiyadan qaytganidan so‘ng (2003) bir necha yil Xitoy xalqaro munosabatlar universiteti rektori bo‘lib ishlagandi.
Avtohalokat sobiq elchi aeroportdan shaharga yo‘l olganida ro‘y berdi. Politsiya buning sabablarini o‘rganishga kirishdi.
Izoh (0)