O‘tgan haftada investorlar Buyuk Britaniyaga mablag‘ jalb etuvchi fondlardan 1,1 milliard dollardan ziyod mablag‘ni olib chiqib ketdi. Hafta mobaynidagi bunday natija salmog‘i bo‘yicha oxirgi o‘n yil ichida ikkinchisi bo‘ldi: rekord miqdordagi ko‘rsatkich o‘tgan yili qayd etilgan, o‘shanda hafta ichida 1,9 milliard dollar chiqib ketgandi, deya xabar beradi “RBK”.
Buyuk Britaniyada 23-iyunga belgilangan mamlakatning Yevroittifoqdan chiqishi masalasidagi referendum investorlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ular oltin, AQSh davlat obligatsiyalari va yapon iyenasini xarid qila boshladi.
Bunday holat qatorasiga o‘n to‘qqizinchi hafta Yevropadagi aksiya fondlarida ham kuzatilmoqda: o‘tgan haftada investorlar 4,7 milliard dollar olib chiqib ketgan.
Izoh (0)