Afg‘oniston shimolidagi Bag‘lon viloyatida hukumat kuchlari operatsiyasi chog‘ida “Tolibon” harakatining 18 nafar a’zosi o‘ldirildi, 15 nafar jangariga jarohat yetkazildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, jangarilar viloyat ma’muriy markazi Puli-Xumri shahri atrofidagi Surx-Kutal aholi punkti uchun janglar jarayonida yo‘q qilingan va yaralangan. Milliy armiya vakilining ma’lum qilishicha, Surx-Kutaldagi jangarilar tayanch punkti hukumat kuchlari nazoratiga o‘tgan.
Izoh (0)