O‘zbekistonning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida sel kelishi xavfi e’lon qilindi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi ma’lum qildi.
“O‘zbekistonning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida 15—17-iyun kunlari sel kelishi xavfi bor”, — deyiladi markaz axborotida.
Ayni vaqtda, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel kelishi xavfi munosabati bilan tog‘li va tog‘ oldi hududlaridagi aholini, shuningdek, shunday hududlarga yo‘l olganlarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)