O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 14-iyundan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2933 so‘m 99 tiyin etib belgilandi. Bu 7-iyundagi kursga nisbatan 4 so‘m 85 tiyinga ko‘p.
14-iyundan e’tiboran 1 yevro qiymati 3328 so‘m 44 tiyin (7-iyundagi kursga nisbatan 23 so‘m 29 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 445 so‘m 68 tiyin (7-iyundagi kursga nisbatan 68 tiyin arzon), 1 Rossiya rubli esa 45 so‘m 34 tiyin (7-iyundagi kursga nisbatan 1 so‘m 53 tiyin qimmat) etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)