14-iyun, seshanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida AQSh qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni, general Jozef Leonard Votel bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—AQSh kun tartibining ba’zi masalalari muhokama qilindi hamda xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda AQSh muvaqqat ishlar vakili Lessli Viguri ham ishtirok etdi.
Izoh (0)