14-iyunda Xalqaro qon donori kuni nishonlanmoqda, deb yozadi “Gazeta.uz” “Pravda Vostoka” gazetasiga tayanib.
Shu munosabat bilan “Hayotingni baham ko‘r — qon topshir” kampaniyasi doirasida profilli tibbiy muassasalar aksiyalar o‘tkazmoqda, ularda hayoti o‘z vaqtida topshirilgan qon tufayli asrab qolingan kishilar taqdiri haqida hikoya qilinadi.
O‘zbekistonning barcha hududlarida doimiy beg‘araz donorlar va donorlik harakatini rivojlantirishda ishtirok etuvchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan tantanalar bo‘lib o‘tadi. Toshkent, Namangan va Surxondaryo viloyatlarining ilk olti fuqarosiga “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni va moddiy mukofot beriladi.
O‘tgan yili O‘zbekiston bo‘yicha 155 ming kishi qon donoriga aylandi. Ulardan 27 ming nafari uni Respublika donorlik markazida topshirdi.
Izoh (0)