Prezident Vladimir Putin Rossiya qurolli kuchlarida to‘satdan tekshiruv boshlash yuzasidan ko‘rsatma berdi. Ularda armiya qurol-aslahalari holati va “harbiy boshqaruvning ayrim idoralari” tayyorgarligiga baho beriladi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Vazirga ko‘ra, tekshiruvlar chog‘ida qurolli kuchlarning safarbarlik imkoniyati, zaxira tuzilmalari, saqlanishdagi qurol-aslaha va harbiy texnika holatiga e’tibor qaratiladi. Xorijiy davlatlar harbiy attashelari Rossiya qurolli kuchlarida boshlangan tekshiruv haqida ogohlantiriladi.
Tekshiruv 22-iyungacha davom etishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)