Tojikiston chegarachilari 14-iyun, seshanbaga o‘tar kechasi tojik-afg‘on chegarasida kontrabandachilar bilan otishmaga kirishdi. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari bosh boshqarmasi matbuot kotibi Muhammad Ulug‘xo‘jayev ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Xatlon viloyati chegara qo‘shinlari maxsus guruhi tomonidan tojik-afg‘on chegarasida davlat chegarasidan noqonuniy o‘tishga urinish va narkotik moddalar kontrabandasining oldi olindi. To‘rt kishidan iborat qurollangan kontrabandachilar davlat chegarasidan o‘tish chog‘ida chegarachilar naryadiga duch keldi. Ular to‘xtash haqidagi talabga bo‘ysunmadi va ikki o‘rtada otishma boshlandi. Kontrabandachilar qarshilik ko‘rsata olmagach, tungi vaqt bo‘lganidan foydalanib, qo‘shni hududda yashirinishga ulgurdi”, — deb ta’kidladi Ulug‘xo‘jayev.
Matbuot kotibiga ko‘ra, hodisa joyini tekshirish chog‘ida chegarachilar 22 kilogramm gashish moddasini musodara etgan.
Izoh (0)