Qirg‘izistonda gaz tashuvchi yuk mashinasi portlashi natijasida halok bo‘lganlar soni besh kishiga yetdi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.
Bishkekda sodir bo‘lgan portlashda jabrlangan ikki kishi kasalxonada vafot etdi, u yerda yana besh kishi qolmoqda.
6-iyun kuni Bishkekdagi yuk mashinalari to‘xtash joyida gaz tashish uchun mo‘ljallangan avtosisterna portlab ketdi, so‘ng katta yong‘in boshlandi. Beshta mashina yonib ketdi, 26 dan 55 yoshgacha bo‘lgan o‘n kishi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi. O‘tgan hafta tanasining 95 va 100 foizi kuygan uch kishi kasalxonada vafot etgan edi.
Qolgan besh kishining ahvolida hozircha hech qanday o‘zgarish yo‘qligi aytilmoqda.
Izoh (0)