13-iyun, dushanba kuni Yaponiyaning Okinava arxipelagi sharqida, Tinch okeanida 5,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mamlakat meteorologiya xizmatiga ko‘ra, silkinish orollarning o‘ziga sezilarli ta’sir ko‘rsatmagan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda bo‘lgani qayd etildi. Sunami xavfi e’lon qilinmadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yaponiya janubi-g‘arbidagi zilzila tufayli tezyurar poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgani bildirilgandi.
Izoh (0)