AQSh fuqarosi Tadeush Mitchell Borovits Turkiyaning Adana shahridagi ko‘p xonadonli uy hovlisida o‘lik holda topildi, deya xabar bermoqda “TASS”. 61 yoshli erkak 25 yil davomida AQSh harbiy-havo kuchlarining Injirlik bazasida yoqilg‘i quyuvchi samolyotlar guruhi yong‘in xizmati boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Amerikalikni 13-iyun, dushanba kuni ertalab o‘tkinchilar ko‘rib qolgan, uning jasadi o‘zi yashagan uy to‘sig‘i yaqinidagi ichki bog‘da yotgan.
Politsiyaning dastlabki versiyasiga ko‘ra, Borovits o‘z uyining o‘ninchi qavatidan tushib ketgan yoki sakragan bo‘lishi mumkin. Biroq bu variant shubhaga uchramoqda, chunki u har kuni ishga ko‘tarib boradigan sumka uy podyezdi yonidan, jasad yotgan joydan ancha uzoqdan topilgan.
Amerikalikning rafiqasi fojia chog‘ida shahar tashqarisidagi uyida bo‘lgan.
Izoh (0)