Italiyalik karabiner (tartibni saqlovchi harbiy xizmatchi) unga pichoq bilan tashlangan muhojirga qarshi qurol qo‘llashga majbur bo‘ldi. ANSA ma’lumotlariga ko‘ra, hujum qilgan shaxs otib o‘ldirilgan, deya xabar beradi “TASS”.
Hodisa Italiya janubidagi Kalabriya provinsiyasida, San-Ferdinando shahridagi vaqtinchalik joylashtirish markazida ro‘y berdi. Karabiner va uning sherigi bir-biri bilan mushtlashayotgan muhojirlarni ajratishga harakat qildi. Ulardan biri pichoq chiqarib, huquq-tartibot xodimiga tashlanib, uni yaralagach, to‘pponchasini qo‘llashga majbur bo‘lgan.
Bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan mahalliy prokuratura tekshiruv boshlagan bo‘lsa-da, karabinerning harakati o‘zini himoya etish sifatida baholanmoqda.
Izoh (0)