Rossiya prezidenti Vladimir Putin belaruslik hamkasbi bilan suhbat chog‘ida kam uxlashi haqida aytdi, deb yozadi “RBK”. Rossiya prezidentining ushbu gapi ikki yetakchining Minskdagi uchrashuvi boshlanishida yangradi.
“Hammasi joyidami?” — deb so‘radi Lukashenko. “Joyida”, — deb javob berdi Putin va davom ettirdi: “Kam uxlayapman. Kechadan oldingi kuni to‘rt soat, bu kecha — besh soat uxladim”, — deya nolidi Rossiya prezidenti. “Chatoq bo‘libdi”, — deb javob berdi Lukashenko.
Putin Minskka Rossiya va Belarus hududlari forumida qatnashish uchun 8-iyun kuni yetib keldi.
Izoh (0)