3-iyunga o‘tar kechasi 00:17 da O‘zbekistonning sharqiy qismida 4,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb yozadi UZ24.
Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Farg‘onadan 14 km, Yangi Marg‘ilon posyolkasidan 8 km, poytaxt Toshkentdan esa 224 km uzoqlikda joylashgan.
Yerosti silkinishlari kuchi, “Toshkent” seysmostansiyasi ma’lumotlari bo‘yicha, Farg‘ona vodiysi shaharlarida 3 ballni, Toshkentda esa 1,5 ballni tashkil etdi. Zilzila o‘chog‘i 30 kilometr chuqurlikda joylashdi.
Izoh (0)