O‘zbekistonning barcha hududlarida 3-iyun, juma kuni yog‘ingarchilik, momaqaldiroq va kuchli shamol kuzatiladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 3-iyunga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +12...+17 daraja, Toshkent shahrida +20...+22 daraja, qolgan hududlarda +22...+27 daraja iliq oralig‘ida bo‘ladi.
3-iyun kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +20...+25 daraja, Toshkent shahrida +30...+32 daraja, qolgan hududlarda esa +35...+37 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Juma kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq kutiladi, momaqaldiroq vaqtida shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin.
Izoh (0)