EgyptAir aviakompaniyasining A320 samolyoti O‘rtayer dengiziga qulashigacha bo‘lgan 24 soat davomida havo kemasi ishida kamida uch marta nosozliklar kuzatilgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Parisien nashri manbalariga ko‘ra, layner ishidagi nosozliklar Eritreya poytaxti Asmera, shuningdek, Tunis va Misrdan parvoz chog‘ida qayd etilgan. Halokatdan bir kun avval A320 o‘rta masofadagi oltita parvozni amalga oshirgan. Fransiya televideniyesining bildirishicha, samolyot fojia kunida kamida uch bor kursini o‘zgartirish yoki favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq EgyptAir aviakompaniyasi 19-may kuni radarlardan g‘oyib bo‘lgan A320 laynerining halokati yuzasidan bir oydan so‘ng dastlabki hisobotni tayyorlashi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)