AQSh prezidenti Barak Obama Liviyadagi mojaroga harbiy aralashuvni o‘zining tashqi siyosatdagi eng katta xatosi sifatida hisoblashini tasdiqladi. U 1-iyun, chorshanba kuni Indiana shtatining Elkxart shahridagi chiqishi chog‘ida hozir mazkur mamlakatda “xaos hukm surayotgani”ni tan oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Oldin ham xalqaro koalitsiya tarkibida Liviyaga intervensiyada qatnashganimizni tashqi siyosatda men yo‘l qo‘ygan eng katta xato deb hisoblashimni aytgandim. NATO davlatlari Muammar Qaddafiy tuzumiga qarshi kurash olib borayotgan isyonchilarni qo‘llab-quvvatladi, biroq barqarorlikni ta’minlash va yangi hukumatni shakllantirish uchun vaqtida yordam berolmadi.
Katta siyosatdagi adashuvlar tekshirilgan va ishonchli ma’lumotlar yetishmasligi tufayli sodir bo‘ladi. Hatto prezident ham ba’zida aniq ma’lumotlar emas, taxminlardan kelib chiqib qaror qabul qilishiga to‘g‘ri keladi”, — deya ta’kidlagan Obama.
Izoh (0)