Fransiyada futbol bo‘yicha Yevropa chempionati o‘yinlari o‘tkazilishi davomida Eyfel minorasi eng qiziqarli o‘yinlar qatnashchilari bo‘lgan jamoalar rangida yoritiladi. Bu haqda Parij meriyasi va mazkur aksiya homiysi, Orange uyali aloqa operatori ma’lum qildi, deya xabar berdi “TASS”.
Minora chempionatning birinchi o‘yinidan boshlab har kuni kechki payt to final o‘yinigacha yoritib boriladi. Uni 15 daqiqa davomida kuzatish mumkin. Ranglari namoyish etishga loyiq deb topilgan jamoa Twitter, Instagram hamda Facebook ijtimoiy tarmoqlarida ochilgan sahifalarga uning nomzodi qo‘llab-quvvatlanib yuborilgan xabarlar soniga qarab aniqlanadi.
Shuningdek, minoraning birinchi va ikkinchi qavatlari o‘rtasida mazkur xabarlar va bo‘lib o‘tayotgan o‘yinlarning qiziqarli lahzalari namoyish etiladigan katta shar osiladi. Har bir o‘yin yakunlangandan so‘ng Orange vakillari stadionda ijtimoiy tarmoqlarga berilgan xabari eng qiziqarli deb topilgan muxlislardan birini mukofotlaydi, uning surati esa shu kuni Eyfel minorasida namoyish etiladi.
Izoh (0)