Rossiya Federatsiyasi sport vaziri Vitaliy Mutko Birinchi kanalning “Pozner” ko‘rsatuvida mamlakat doping mojarolariga aralashib qolgani uchun shaxsan javobgar ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“O‘zimdan aybni soqit qilmayman, sport sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob berganligim sababli to‘liq mas’uliyat zimmamda deb bilaman. Agar nimadir yurishmayotgan bo‘lsa, buning uchun shaxsan javobgarman va bundan yashirinishni istamayman”, — deya ta’kidlagan vazir.
Keyingi bir yarim yil mobaynida mamlakat sporti doping bilan bog‘liq ayblovlar ostida qoldi va bu Rossiya hamda Moskva antidoping agentliklari faoliyati to‘xtatilishi, yengil atletikachilar xalqaro musobaqalardan chetlatilishiga olib keldi. Davlat idoralari Sochidagi qishki Olimpiada chog‘ida doping namunalari bilan bog‘liq firibgarliklarga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Izoh (0)