Rio-de-Janeyro hukumati Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari uchun 500 mingdan ziyod chipta sotib oladi, deb yozadi “TASS”. Shahar meriyasi vakili Pedru Paulu so‘zlariga ko‘ra, ular davlat xizmatchilari, a’lochi o‘quvchilar va imkoniyati cheklangan kishilarga taqsimlab beriladi.
Mulozimning aytishicha, ushbu tashabbusning vazifalaridan biri Paralimpiadaga chiptalarni sotish muammosini yechish bilan bog‘liq. Ularga hozircha talab katta emas: ayni paytgacha muxlislar chiptalarning atigi uchdan bir qismini xarid qilgan, Olimpiada o‘yinlariga chiptalarning esa 60 foizi allaqachon sotilib ketgan.
Chiptalarning barchasi avvalroq meriya tomonidan belgilab qo‘yilgan mezonlarga muvofiq taqsimlanadi. Masalan, davlat umumta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘tgan yarim yil ichida faqat yaxshi baholarga o‘qigan bo‘lsagina, Olimpiadani o‘z ko‘zlari bilan ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlari Rio-de-Janeyroda 2016-yil 5—21-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)