Podmoskovyedagi “Lugovaya” bekatida o‘n yetti yoshli o‘spirin itni qutqaraman deb, elektrichka tagida qoldi, deb yozadi “TASS”.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining Markaziy federal okrug bo‘yicha Transport boshqarmasi xabariga ko‘ra, yigit halok bo‘ldi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, o‘spirin iti bilan sayr qilib yurgan, shunda kuchuk yugurib ketib, o‘zini relslar ustiga tashlagan, bola uning ketidan borib, poyezd tagida qolgan.
Ayni paytda transport politsiyasi xodimlari hodisa yuz bergan vaziyatni o‘rganmoqda.
Izoh (0)