Liviyani Italiyaning janubiy qirg‘oqlaridan ajratib turuvchi Sitsiliya bo‘g‘ozida ro‘y bergan uch kema halokatida nobud bo‘lgan muhojirlar soni 900 kishiga yetishi mumkin. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
La Repubblica qutqaruv ishlarini muvofiqlashtiruvchi Italiya qirg‘oq himoyasi xizmatiga tayanib ma’lum qilishicha, 26-may, payshanba kungi kema halokatining o‘zida 400 nafargacha qochqin halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Gazeta har birida 500 kishidan bo‘lgan va bir-biri bilan bog‘liq ikki kema haqida yozmoqda. Ulardan biri cho‘ka boshlaganida muhojirlar narigi kemaga o‘tishga harakat qilgan, biroq u yerda kemalarni bog‘lovchi po‘lat simlarni uzib tashlashgan. Buning oqibatida nari borsa 20 nafar atrofidagi qochqin omon qolgan.
27-may, juma kuni sodir bo‘lgan oxirgi halokatda o‘lganlar soni ham noma’lum. OAV kamida 45 kishi halok bo‘lgani, 100 kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qilmoqda. Bundan ikki kun avval Italiyaning ikki harbiy kemasi ekipaji tomonidan bo‘g‘ozda 500 dan ortiq qochqin qutqarilgan, ular safida bo‘lgan kamida yetti kishi o‘lgani qayd etilgandi.
Izoh (0)