Arab davlatlari ligasi (ADL) Liviya milliy kelishuv hukumatini (MKH) tan oldi va mazkur hukumat tashqi ishlar vazirining ADL TIV rahbarlari yig‘ilishida ishtirok etishini ma’qulladi. Shuningdek, liga tashkilotga nomzodini MKH taqdim etadigan Liviya elchisi tayinlanishiga ham rozilik bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ayni paytda, Abdulla Abdurahmon at-Taniy boshchiligidagi xalqaro tan olingan va Tobruk shahrida joylashgan Liviyaning “sharqiy” hukumati ADL qaroriga keskin norozilik bildirdi. Tobrukdagi hukumatning liga bosh kotibi Nabil al-Arabiyga maktubida bunday qaror “Liviyadagi saflarning parokandaligi va mamlakat uchun xatarli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi” bildirilgan.
Ma’lumot uchun, 2016-yil 14-fevralida xalqaro hamjamiyat ko‘magida Marokashning Sxirat shahrida qarorgohi Tripolida bo‘lgan Liviya milliy kelishuv hukumati tuzilgandi.
Izoh (0)