Hindiston koinot tadqiqotlari tashkiloti (ISRO) iyun oyida rekord miqdordagi — bir yo‘la 22 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqadi. Bu haqda 29-may, yakshanba kuni tashkilot rahbari Kiran Kumar ma’lum qildi, deya xabar berdi “TASS”.
“Iyun oxirida bir paytning o‘zida 22 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqish niyatidamiz. Tayyorgarlik ishlari yakuniy bosqichga kelgan. Bir parvozda orbitaga o‘nta sun’iy yo‘ldosh olib chiqilgan va Rossiyaga tegishli avvalgi dunyo rekordi o‘zgartirilgan 2008-yilgi natijamizni yangilashga umid qilyapmiz”, — deya ta’kidlagan Kiran Kumar.
Mutasaddining bildirishicha, 22 sun’iy yo‘ldoshdan atigi 3 tasi Hindistonga tegishli bo‘lib, qolganlari AQSh, Kanada, Indoneziya va Germaniya uchun uchiriladi.
Izoh (0)