Eronlik ziyoratchilar Saudiya Arabistoni tomonidan yaratilayotgan to‘siqlar tufayli joriy yilda Makkaga — Haj safariga bora olmaydi. Bu haqda, IRNA agentligiga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Biz bugungi kunga qadar Saudiya rasmiylaridan javob kutdik. O‘tkazilgan muzokaralarning ikki raundida ular tomonidan yaratilgan to‘siqlarni inobatga olsak, joriy yilda eronliklar ziyoratga bora olmaydi”, — dedi Eron madaniyat vaziri Ali Jannatiy.
U Eron Haj tashkiloti joriy yilgi safarning bekor qilinganini 30-may, dushanba kuni e’lon qilishini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 2-yanvarida Saudiya Arabistonida shialar yetakchisi Nimr an-Nimr terrorchilikda ayblangan ellikka yaqin boshqa shaxslar bilan birgalikda qatl qilinganidan so‘ng uning Eron bilan munosabatlariga sovuqlik tushdi. Tehronda namoyishchilar Saudiya elchixonasiga bostirib kirdi. 3-yanvar kuni Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzdi.
Izoh (0)