Ali Larijoniy Eron majlisi (parlamenti) spikeri etib saylandi: uning uchun 173 deputat ovoz berdi. Yana bir nomzod — “Umid” fraksiyasi yetakchisi Muhammad Rizo Orif 103 ovoz to‘pladi, deb xabar beradi “TASS”.
Larijoniy Eron qonun chiqaruvchi organi raisi lavozimini uchinchi bor egalladi (ilk marta 2008-yilda saylangan). U 1990-yil boshlaridan beri mamlakatda nufuzli lavozimlarda ishlab keladi. Jumladan, madaniyat vaziri, Eron davlat teleradiokorporatsiyasi raisi, Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi, mamlakat diniy yetakchisi — oyatulloh Humayniyning maslahatchisi bo‘lgan. O‘zi ham obro‘li oila vakili bo‘lib, otasi oyatulloh Hoshimiy Amoliy yirik shia ulamosi sanaladi.
Izoh (0)