Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasida kuchli yomg‘irlar keltirib chiqargan toshqin oqibatida halok bo‘lgan raftingchilar soni sakkiz kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq hodisa tufayli besh kishi nobud bo‘lgani bildirilgandi.
Qutqaruvchilar 29-may, yakshanba kuni oldinroq bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan uch nafar sportchining jasadini topdi.
Izoh (0)