Turkiya parlamenti 29-may, yakshanba kuni bosh vazir Binoli Yildirim tomonidan shakllantirilgan yangi hukumatga ishonch bildirdi. 550 deputatdan 315 nafari buni yoqlab ovoz berdi, deb ma’lum qildi “Vedomosti”.
24-may, seshanba kuni mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on yangi hukumat tarkibini tasdiqlagach, Yildirim parlament yig‘ilishida uning dasturini taqdim etdi. Dasturdagi asosiy yo‘nalish sifatida Turkiya Respublikasi tashkil topgan 1923-yildan beri amalda bo‘lgan boshqaruvning parlament shaklidan prezidentlik shakliga o‘tish belgilangan.
Izoh (0)