Gruziyaning GDS telekompaniyasi jurnalisti Zviad Txelidze xizmat vazifasini o‘tash chog‘ida Xad darasiga qulab, halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Txelidze darada suratga olish guruhi bilan birga edi. Uning jasadi qutqaruvchilar tomonidan 29-may, yakshanba kuni tongda topildi.
Jurnalist GDS telekanalidagi mualliflik ko‘rsatuvlari, jumladan, Chernobildan tayyorlangan reportajlari bilan tanilgandi.
Izoh (0)