Shu yilning 2-iyun, payshanba kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston hamda Ekvatorial Gvineya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi, deb xabar bermoqda O‘FF matbuot xizmati.
Chiptalar narxi barcha kategoriyalar uchun 15 ming so‘m, CIP kategoriya uchun esa 30 ming so‘m qilib belgilangan.
Ma’lumot uchun, mazkur o‘yindan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi 4-iyun kuni Avstriyaga jo‘nab ketadi va 7-iyun kuni Kanada milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Izoh (0)