Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi Osiyo Chempionlar Ligasi nimchorak finalida Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub etib, musobaqa chorak finaliga yo‘l oldi. 24-may, seshanba kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan “Lokomotiv” — “Al-Hilol” uchrashuvidan “Daryo” matnli onlayn uyushtirdi.
Bir hafta avval Saudiya Arabistonida bo‘lgan “Al-Hilol” — “Lokomotiv” uchrashuvida hisob ochilmagan edi. Toshkentdagi uchrashuvda esa himoyachilar Islom To‘xtaxo‘jayev va Sherzod Fayziyev tomonidan kiritilgan gollar “Lokomotiv”ga 2:1 hisobida g‘alaba keltirdi. Saudiyaliklarning yagona goli 89-daqiqada penaltidan urildi, unga Muhammad al-Shalhub mualliflik qildi.
“Lokomotiv” o‘z tarixida ilk bor OChL chorak finaliga yo‘l oldi. Jamoa aynan 2016-yilgi mavsumda OChL guruh bosqichini birinchi marta muvaffaqiyatli yakunlab, nimchorak finalga chiqishga muvaffaq bo‘lgan edi. “Lokomotiv”ning chorak finaldagi raqibi qur’a natijasida aniqlanadi. 23—24-avgust va 13—14-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.Osiyo Chempionlar Ligasi—2016 Nimchorak final, javob uchrashuvi 24-may, seshanba
“LOKOMOTIV” (O‘zbekiston) — “AL-HILOL” (Saudiya Arabistoni) 2:1 (1:0)
Gollar: Islom To‘xtaxo‘jayev (26), Sherzod Fayziyev (55) — Muhammad al-Shalhub (89-penalti).Ogohlantirishlar: Ikrom Aliboyev (32), Sanjar Shoahmedov (54) — Navaf al-Obid (22), Salmon al-Faraj (52), Muhammad Jahfaliy (74), Yosir al-Shahroniy (90+2).“LOKOMOTIV”: Ignatiy Nesterov, Sherzod Fayziyev, Kaxi Maxaradze, Islom To‘xtaxo‘jayev, Salim Mustafoyev, Temur Kapadze, Ikrom Aliboyev (Marat Bikmayev, 70), Oleg Zoteyev (Sardor Mirzayev, 76), Sanjar Shoahmedov (Sergey Proxorov, 85), Server Jeparov, Temurxo‘ja Abduxoliqov.
“AL-HILOL”: Fahad az-Zunayyan, Abdulloh az-Zoriy (Xolid al-Ka’biy, 74), Digao, Muhammad Jahfaliy, Yosir al-Shahroniy, Salmon al-Faraj, Saud Kaririy, Navaf al-Obid (Muhamma al-Shalhub, 46), Karlos Eduardo (Yosir al-Qahtoniy, 80), Salim ad-Dousariy, Ailton.
Bosh hakam: Benjamin Uilyams (Avstraliya).
Izoh (0)