Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik institutida “Universiada — 2016” sport musobaqalari mash’alasini alanga oldirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
“Universiada — 2016” mash’alasini 2012-yili Londonda o‘tgan Paralimpiya o‘yinlari sovrindori, dzyudochi Sharif Xalilov o‘t oldirib, maydonga olib kirdi.
U mash’alani 2016-yili Janubiy Koreyaning Chonju shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo saralash musobaqasida g‘olib chiqib, XXXI Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan iste’dodli sportchi Shahboz Xolmirzayevga tantanali ravishda topshirdi.
Mash’ala Farg‘ona viloyati sari yo‘l oldi.
O‘zAning qayd etishicha, “Universiada – 2016” mash’alasi olib o‘tiladigan shahar va qishloqlarda tantanali marosimlar, sportchilarning chiqishlari o‘tkaziladi.
Izoh (0)