Markus Kattner FIFA bosh kotibi o‘rinbosari lavozimidan bo‘shatildi, deya xabar bermoqda “Vedomosti” Xalqaro futbol federatsiyasi press-reliziga tayanib.
“FIFAdagi ichki tekshiruvlar uning mehnat faoliyati tufayli fidutsiar majburiyatlari buzilganligini aniqladi”, — deyiladi xabarda.
Kattner yanvarda Jerom Valke ishdan haydalgach, bosh kotib vazifasini bajarib kelgan edi. 13-may kuni FIFAning Mexikodagi kongressida tashkilot bosh kotibi lavozimini BMTning senegallik diplomati Fatma Samura egalladi.
Izoh (0)