O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi jismoniy shaxslar diqqatiga daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlari asosida hisoblab chiqarilgan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1-iyunidan kechiktirmay to‘lanishi lozimligini eslatib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 189-moddasiga muvofiq, deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining:
- mulkiy daromadlar, agar bu daromadlarga to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa;
- fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
- asosiy bo‘lmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi daromadlar;
- ikki yoki undan ko‘p manbadan olingan soliq solinadigan daromadlar;
- O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
- soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlari kiradi.
Xuddi shuningdek, jismoniy shaxslarning mol-mulklari yuridik shaxslarga ijaraga berilganda jismoniy shaxslarning daromad solig‘i to‘lov manbaida ushlab qolinadi. Agar ushbu mol-mulk jismoniy shaxsga ijaraga berilgan taqdirda, ya’ni to‘lov manbaida soliq solinmagan bo‘lsa, jismoniy shaxsning daromadlariga deklaratsiya asosida soliq hisoblanadi.
2015-yil uchun taqdim etilgan deklaratsiya asosida hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i joriy yilning 1-iyuniga qadar to‘lanishi lozim.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromadlar oladigan jismoniy shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya asosida har oyda daromad olingan oydan keyingi oyning beshinchi kunigacha to‘laydi.
Yil tugagach, jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliqning yillik summasi haqiqatda olingan daromad bo‘yicha hisoblab chiqarilib, agar o‘tgan yil mobaynida to‘langan summalar o‘rtasida farq kelib chiqsa, u joriy yilning 1-iyunidan kechiktirmay to‘lanadi.
Izoh (0)