Jahon banki ijrochi direktorlari kengashi 24-may kuni Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining 20 million dollar hajmidagi kreditini O‘zbekistonda Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimini modernizatsiya qilish loyihasi uchun ajratishni ma’qulladi, deb yozadi “Gazeta.uz” Jahon banki matbuot xizmatiga tayanib.
Loyiha maqsadi mamlakat elektron hukumati tuzilmasi va xizmatlariga kiruvchi, ko‘chmas mulkning ro‘yxatdan o‘tkazilishi va kadastri tizimiga kirish samaradorligini oshirish va ushbu imkoniyatni yaxshilashdan iborat.
Umumrespublika miqyosida amalga oshiriladigan loyiha Yer resurslari, geodeziya, xaritashunoslik va davlat kadastri davlat qo‘mitasida yagona ko‘chmas mulk elektron reyestri va kadastrini yaratishga qaratilgan.
Izoh (0)