Kiyev hayvonot bog‘ida 58 yoshli begemot olamdan o‘tdi. Ular uchun bu sana insonlar o‘rtasidagi 100 yoshga to‘g‘ri keladi. Bu haqda bog‘ning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilingan, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Dunyodagi eng qari begemot — bizning Brestamiz uyqusida tinchgina qazo qildi”, — deyiladi xabarda. O‘limidan bir yarim oy avval ham jonivor mustaqil harakatlanar, ovqatlanar, hatto suv shlangi bilan o‘ynashardi.
“Kiyev hayvonot bog‘i keksa yoshdagi hayvonlar ko‘pligi bilan ajralib turadi. Ko‘p yillardan beri yashab kelayotgan jonivorlar biz uchun qadrdon va dunyo fani uchun qiziqarli bo‘lib qoladi. Shu sababli mutaxassislarimiz boshqa hayvonot bog‘laridagi hamkasblar uchun keksa yoshdagi hayvonlarga qarov va davolash bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi”, — deya ma’lum qilgan bog‘ matbuot xizmati.
Izoh (0)