Polsha rasmiylari yaqin ikki ikki oy mobaynida maktab dasturiga NATOning mamlakat hayotidagi o‘rnini o‘rganishga qaratilgan mashg‘ulotlarni kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Financial Times nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mazkur darslar haftasiga to‘rt soatgacha o‘tilishi, ularda alyans tarixi, Polshaning NATOga kirishi afzalliklari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Polsha qo‘shinlarining NATOning Afg‘onistondagi operatsiyalaridagi ishtiroki, alyans tomonidan mamlakat hududida harbiy bazalar tuzilishi bo‘yicha qarorlar qabul qilinishi jarayoni ham dars rejalarida qamrab olinishi bildirilmoqda.
Izoh (0)